20/05/2022

Viloyatimizda turizm statistikasi koʻrsatkichlari va yordamchi hisobini shakllantirish uchun zarur boʻlgan maʻlumotlami yigʻish joriy yilning 10- mayidan 10- iyuniga qadar kiruvchi va chiquvchi turizm boʻyicha tanlanma kuzatuvlar oʻtkazilishi belgilangan.

Mazkur kuzatuvlar viloyat statistika boshqarmasi  mutaxassislaridan iborat supervayzer va intervyuyerlar tomonidan o‘tkazilmoqda. Jarayon Urganch xalqaro aeroportida, bevosita xorijdan kelgan yoki chiqayotgan turistlar bilan so‘rovnomalar shaklida olib borilmoqda.

Oʻtkazilayotgan ushbu kuzatuv orqali viloyatimizda turizm xizmatlari eksportining haqiqiy miqdorini hisoblash, shuningdek, xorijiy turistlar tashrif buyurgan mamlakatlarni inobatga olgan holda qoʻshni davlatlar, MDH va uzoq xorijiy mamlakatlar boʻyicha differensiyalangan bir tashrif buyuruvchining oʻrtacha xarajatlar koʻrsatkichlari shakllantiriladi.

 

      Axborot xizmati