19/05/2022

Bugun, 19- may kuni  Gurlan tumanida navbatdagi 5-narx (iste’mol) kuzatuvi bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov, Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i Sh. Bobojonov va narx registratori Q.O‘razmatovlar tumandagi tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlarida oziq-ovqat mahsulotlarining narx ko‘rsatkichlarini qiyosiy o‘rgandilar.

Shu bilan birga hududiy boshqarma mas’ullari tomonidan narxlarni ro‘yxatga oluvchi mas’ul xodimlarga mahsulotlar narxlarining realligi va shaffofligiga e’tibor berish, tanlanma kuzatuvni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Narx kuzatuvlari viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.

 

Axborot xizmati