27/04/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-mart oylarida 12 ta davlatga qiymati 6,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.

 Gilam eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,8 mln AQSH dollariga kam.

 2022- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar:

—  Qirg‘iz R. – 3,7 mln.

—  Ozarbayjon – 1,1 mln.

—  Rossiya – 582 ming

—  Afg‘oniston – 526 ming

—  Qozog‘iston – 325 ming

—  AQSH – 277 ming

—  Tojikiston – 61 ming  AQSH dollari

 

 

Matbuot xizmati