25/04/2022

Viloyat bo‘yicha o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2022- yilning yanvar-mart oylari holatiga 1 366,2 ming  so‘mni (2021- yil yanvar-mart oylariga nisbatan  14,7 % ga oshgan) tashkil qilgan.

Hududlar kesimida solishtirilganda, aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasida yuqori hajmlar Urganch shahri (7848,5 ming so‘m),  Gurlan (1548,6 ming so‘m) va
Hazorasp  (1060,2 ming so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Quyi hajm Xiva (388,9 ming so‘m) va Qo‘shko‘pir (477,0 ming so‘m) tumanlarida qayd etilgan.

 

Axborot xizmati