22/04/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- aprel holatiga O‘zbekistonda 1 km.kv. yer maydoniga o‘rtacha 78,9 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.

✅ Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,6 kishiga ortgan (2021- yil 1- aprel holatiga 1 kv.km.ga 77,3 kishi).

2022- yilning 1- aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi ?‍?‍?‍? 35 433 772  kishini tashkil etmoqda.

Shahar joylarda – 18 022,1 ming kishi

Qishloq joylarda – 17 411,7 ming kishi

 

Matbuot xizmati