07/04/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar oyida respublika boʻyicha jami 1 437 nafar egizak chaqaloq tugʻilgan.

Shundan:

qiz bolalar – 49,5 %

oʻgʻil bolalar – 50,5 %

Hududlar kesimida eng ko‘p oʻgʻil egizak chaqaloq tug‘ilish holati  Samarqand viloyatida (103 nafar), eng kami Sirdaryo viloyatida (19 nafar) qayd etilgan.

  Xorazm viloyatida shu davrda 31 ta oʻgʻil egizak chaqaloq tug‘ilgan.

 

Matbuot xizmati