01/04/2022

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2022- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatda 615,9 mlrd so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 39,6 % ga o‘sgan.

Ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlarining  ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 27,8 % ni tashkil etgan.

Taqqoslash uchun: 2020- yil yanvar-fevral oylarida to‘qimachilik mahsulotlari  ishlab chiqarishning  fizik hajm indeksi 113,6 % ni tashkil etgan.

                                                                             Axborot xizmati