31/03/2022

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-fevral oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 2 296,7 mlrd so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 96,5 % ini tashkil etgan.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 117,5 % ga teng bo‘lgan.

 Taqqoslash uchun: 2021- yilning yanvar-fevral oylarida ishlab chiqaradigan sanoatda mahsulot hajmi 1 658,8 mlrd so‘mni, 2020-  yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 121,7 % ni tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati