31/03/2022

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2022- yilning yanvar-fevral oylari yakunlari bo‘yicha   chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ri kelgan va 1 197,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2021- yil yanvar-fevral oylariga nisbatan  hajmning 5,9 % ga o‘sishi kuzatilgan.

 Jami chakana savdo  tovar aylanamasida kichik biznesning ulushi esa 74,6 % ni tashkil qilgan.

 Hududlar kesimida ushbu ko‘rsatkich Tuproqqal’a (99,8 %), Yangiariq  (99,1 %), Gurlan (98,8 %)  va  Bog‘ot (98,7 %)  tumanlarida yuqori bo‘lgan.

                                                                        

                                                                             Axborot xizmati