31/03/2022

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, 2023- yilda respublikamizning barcha hududlarida aholini  ro‘yxatga olish tadbirining o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘tgan yilning noyabr oyida mamlakatimizning tanlab olingan 4 ta hududi, shu jumladan, Xiva shahrida sinov tariqasida bo‘lib o‘tgan ro‘yxatga olish ishlari navbatdagi asosiy tadbirga tayyorgarlik bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan bir qator muhim  chora-tadbirlarning  mavjudligini ko‘rsatdi.

Bugungi kunda aholini yalpi ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, viloyat statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari va tuman (shahar)  statistika bo‘limlari xodimlari tomonidan  viloyatimizning barcha hududlarida xonadonma-xonadon yurilib, uylarning  raqamlanish holati o‘rganilmoqda.

Joriy yilning 30- mart kuni ana shunday o‘rganish ishlari Shovot tumanidagi “Qirg‘oqbo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli mahallalarda olib borildi.

                                                                          Axborot xizmati