30/03/2022

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yil 1- yanvar holatiga O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 1 882 tani tashkil etgan.

 Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 2021- yilning mos davriga nisbatan 306 taga oshgan.

 Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning 765 tasi qo‘shma korxona va 1117 tasi xorijiy korxona hisoblanadi.

 2021- yil davomida O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida 407 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.

 Yillar kesimida O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni:

 ? 2018- yilda – 364 ta

? 2019- yilda – 437 ta

? 2020- yilda – 330 ta

? 2021- yilda – 407 ta

 

Matbuot xizmati