30/03/2022

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2022- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatda amalga oshirilgan  chakana savdo tovar aylanmasi 1604,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2021- yil yanvar-fevral oylariga nisbatan bu ko‘rsatkichning 26,0 % ga oshgani kuzatilgan.

 Chakana savdo tovar aylanmasi hajmining tarkibi:

  • yirik korxonalarning tovar aylanmasi - 407,3 mlrd so‘m (2,8 martaga oshgan),
  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi - 1197,1 mlrd so‘m (5,9 % ga oshgan), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 243,2 mlrd so‘m (9,9 % ga oshgan).

 

                                                                          Axborot xizmati