30/03/2022

Joriy yilning 29- mart kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish idoraviy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6- iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5177- sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatini jamoa a’zolari o‘rtasida tushuntirish, “2022- yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha viloyat statistika boshqarmasining idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasi" bilan tanishtirish hamda Davlat statistika dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda ochiqlik va shaffoflikka qat’iy amal qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Hududiy boshqarma yuriskonsulti I.Otajonov ushbu masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berish barobarida, statistika idoralarida  yuridik  shaxslarning iqtisodiy faoliyatiga daxldor turli masalalarda, yuridik va  jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash jarayonida xodimlarning o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondoshishi hamda kasbiy etika qoidalariga rioya etishlari orqali har qanday korrupsiyaga daxldor holatlarning oldi olinishi lozimligini uqtirib o‘tdi.

     

                                                                          Axborot xizmati