30/03/2022

2022- yilning 29- mart kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorligida «2023- yilda O‘zbekiston Respublikasida o‘tkaziladigan aholini yalpi ro‘yxatga olish ishlariga viloyatimizda ko‘rilayotgan tayyorgarlikning borishi ” mavzusiga bag‘ishlangan media-tur tashkil etildi.

Media-tur doirasida Urganch avtomobil va yo‘llar texnikumi o‘quvchilari o‘rtasida tadbirning targ‘ibotiga yo‘naltirilgan seminar tashkil etilib, unda ta’lim muassasasining pedagogik jamoasi hamda o‘quvchilariga aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shundan so‘ng shahardagi  bir qator mahalla fuqarolar yig‘inlarida tayyorgarlik bilan bog‘liq xonadonlarning raqamlashtirish ishlarining borishi tanlanma tarzda o‘rganildi.

                                                                

                                    Axborot xizmati