16/03/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilda O‘zbekistonga 8 ta davlatdan 31,7 ming tonna yirik shoxli qoramol go‘shti import qilingan.

Yirik shoxli qoramol go‘shti importi 2020- yil bilan solishtirilganda 10,1 ming tonnaga oshgan.

2021- yilda O‘zbekiston eng ko‘p yirik shoxli qoramol go‘shtini import qilgan davlatlar:

?? Belarus – 21,5 ming tonna

?? Qozog‘iston – 4,9 ming tonna

?? Ukraina – 2,9 ming tonna

?? Hindiston – 916 tonna

?? Moldova – 738 tonna

?? Rossiya – 638 tonna

 

 

Matbuot xizmati