15/03/2022

2022- yilning yanvar oyida  viloyatda amalga oshirilgan ulgurji savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelib, 143,9 mlrd so‘mni tashkil etgan va 2021- yil yanvar oyiga nisbatan 9,8 % ga ko‘paygan.

Jami ulgurji savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 86,2 %  ni tashkil qilgan.

Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda Gurlan, Qo‘shko‘pir, Xiva, Shovot, Yangiariq (100,0 %) tumanlarida yuqori bo‘lgan. Eng past ulush esa Bog‘ot tumani   (42,4 %)  va  Urganch tumaniga   (79,4 %)  to‘g‘ri  kelgan.

 

                                                                                   Axborot xizmati