10/03/2022

2022- yilning yanvar oyida viloyatning Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 2,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lib, eksport hajmi – 2,3 mln dollarni, import – 0,5 mln dollarni tashkil qilgan.

 Jami TSA tarkibida Qozog‘istonning ulushi 7,3 % darajada qayd etilgan.

Joriy yilning yanvar oyida viloyat ushbu davlatga eksport qilgan mahsulotlar:

  • oziq-ovqat mahsulotlari – 1,9 mln.dollar,
  • turli xil tayyor buyumlar – 0,3 mln
  • sanoat tovarlari – 0,1 mln.

Hisobot davrida viloyatdan eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlarining 44,3 % Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati