04/03/2022

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar oyida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlarga qiymati 71,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 7,9 ming tonna mis va mis mahsulotlarini eksport qilgan.

 Mis va mis mahsulotlari eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 891 tonnaga kamaygan.

 2022- yilning yanvar oyida O‘zbekiston eng ko‘p mis va mis mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:

— Turkiya – 4,1 ming tonna

— Xitoy – 2,9 ming tonna

— Rossiya – 441 tonna

—  Qozog‘iston – 136,1 tonna

—  Ozarbayjon – 120 tonna

—  Gruziya – 104,9 tonna

 

Matbuot xizmati