28/02/2022

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Xiva tumanida  1 704,3 mlrd.so‘mlik qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Jami  ishlab chiqarilgan mahsulot hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 50,1 % ni, dehqonchilik mahsulotlarining ulushi  49,9 % ni tashkil qilgan.

2020- yilning shu davriga nisbatan mahsulot ishlab chiqarishning viloyatdagi eng yuqori o‘sish sur’ati  ko‘rsatkichi -108,8 % o‘sish ushbu tumanda qayd etilgan.

2021- yilda Xiva  tumanining  qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida poliz mahsulotlari yetishtirish (20,6 ming tonna), meva yetishtirish (18,6 ming tonna) va ovlangan baliq hajmi (8,5 ming tonna) bo‘yicha  viloyatdagi yuqori natijalar kuzatilgan.

                                                                              

                                                                                   Axborot xizmati