23/02/2022

Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra,  2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Gurlan tumanida hajmi 1 836,1 mlrd.so‘mlik qishloq, o‘rmon va baliqchilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

 Shundan, chorvachilik mahsulotlari – 1 024,9 mlrd so‘mni, dehqonchilik mahsulotlari – 811,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Xo‘jalik toifalarining jami mahsulot ishlab chiqarishdagi ulushi:

  • dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari – 67,6 %,
  • fermer xo‘jaligi – 29,4 %,
  • qishloq xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar – 3,0 %.

 

                                                                                   Axborot xizmati