15/02/2022

2021- yilning  yanvar-dekabr oylarida viloyatda  umumiy maydoni 1 020,8 ming kv.m. bo‘lgan 3 784 ta uy-joy foydalanishga topshirilgan bo‘lib, 2020- yilning yanvar-dekabriga nisbatan 47,0 % ga oshgan.

Shundan 851,0 ming kv.m. uy-joy  qishloq joylari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2021- yilda turar joy qurilishiga o‘zlashtirilgan investitsiyalar  hajmi 1 165,9 mlrd. so‘mni yoki jami investitsiyalardagi ulushi 13,6 % ni tashkil qilgan.     

                                         Axborot xizmati