11/02/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilda O‘zbekiston 7 ta davlatga qiymati 4,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 9,2 ming tonna olma eksport qilgan.

Olma eksporti 2020- yil bilan solishtirilganda qariyb 10 ming tonnaga kamaygan.

2021- yilda O‘zbekiston olma eksport qilgan asosiy davlatlar:

Qozog‘iston – 5 ming tonna

Rossiya – 2 ming tonna

Turkmaniston – 1,3 ming tonna

Qirg‘iz R. – 804 tonna

BAA – 0,6 tonna.

 

Matbuot xizmati