26/01/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilda O‘zbekistonga 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 16,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 809 ta elektromobil import qilingan.

Elektromobil importi 2020 yilga nisbatan 679 taga yoki 6,2 baravarga oshgan.

2021 yilda O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?

Xitoy – 724 ta

Turkiya – 24 ta

AQSh – 22 ta

Litva – 13 ta

Germaniya – 12 ta

Koreya – 5 ta

Ispaniya – 2 ta

Rossiya – 2 ta

Ukraina – 2 ta

BAA – 2 ta

Gongkong – 1 ta

 

Matbuot xizmati