28/12/2021

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 53,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 455,8 ming tonna kartoshka import qilgan.

Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 74,2 ming tonnaga oshgan.

2021- yilning o‘tgan 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar: Qozog‘iston – 150 ming tonna

Eron – 136 ming tonna

Pokiston – 128 ming tonna

Qirg‘iz R. – 24 ming tonna

Niderlandiya – 11 ming tonna

Rossiya – 4,5 ming tonna

Fransiya – 616 tonna                  

 

                                                                        Matbuot xizmati