27/12/2021

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatda (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz)  yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 4 194 tani tashkil etgan.

2016- yilning mos davriga nisbatan  hisobot davrida ushbu turdagi korxonalar soni 2,9 marta ko‘paygan.

Tahlillar eng ko‘p yangi korxona 2019- yil (yanvar-noyabr oyi) da tashkil etilganini ko‘rsatgan.

2016-2021- yillar (yanvar-noyabr) da tashkil etilgan yangi korxonalar soni:

  • 2016- yil – 1 469 ta,
  • 2017- yil – 1 584 ta,
  • 2018- yil – 2 133 ta,
  • 2019- yil – 4 617 ta,
  • 2020- yil – 4 417 ta,
  • 2021- yil – 4 194 ta.

                                                             

        Axborot xizmati