17/12/2021

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- dekabr holatiga respublikamizda 832,4 ming tug‘ilish qayd etilgan.

2021- yilning 11 oyidagi tug‘ilishlar soni 2020- yilning mos davri bilan solishtirilganda 64 474 nafarga oshgan.

2021- yilning noyabr oyida respublikamizda jami 79213 ta tug‘ilish holati qayd etilgan.

O‘zbekistonda 1991- yilda qayd etilgan tug‘ilishlar soni 723,4 mingtani tashkil qilgan.

30 yilda tug‘ilishlar soni 16,4 % ga oshgan.

 

                                                                                                      Matbuot xizmati