16/12/2021

2021- yilning yanvar - sentabr oylarida Respublikada 22,8 ming tonna pilla yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan 108,8 % ni tashkil qildi.

Pilla yetishtirishning yuqori hajmlari 14,0 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 61,6 % i fermer xo‘jaliklarida qayd etildi.

Joriy davrda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fermer xo‘jaliklarida 3,5 % ga va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 18,4 % ga o‘sish kuzatildi.

 

                    Matbuot xizmati