25/11/2021

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 110,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 300 mln. litrdan ziyod avtomobil benzini import qilingan.

Avtomobil benzini importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 128 mln. litrga oshgan.

O‘zbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar:

Rossiya – 142,3 mln. litr

Turkmaniston – 136 mln. litr

Qozog‘iston – 16 mln. litr

Iroq – 3,6 mln. litr

Eron – 1,8 mln. litr

O‘zbekistonda 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida 902,7 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Matbuot xizmati