24/11/2021

Xiva shahrida  aholini ro‘yxatga olish tadbiri davom etmoqda.  Ayni kunlarda sinov tariqasida o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish jarayonida olingan ma’lumotlarni tegishli tartibda yig‘ib olish va  hisob uchastkalaridagi uy-joy manzillarining 10 foizini tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur nazorat kuzatuvlarida instruktorlar ro‘yxatga oluvchilar tomonidan to‘ldirilgan so‘rovnomalarni tanlanma ravishda joyiga chiqqan holda qayta tekshirib ko‘rishmoqda.

Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i X.Egamov rahbarligidagi ishchi guruh mazkur ishlarning borishi, ro‘yxatga oluvchi va tanlanma kuzatuvda qatnashayotgan xodimlarning faoliyatini bevosita hisob uchastkalarida sarhisob qilib, zarur tavsiya va tushuntirishlar berib bormoqdalar.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 1-5- noyabr kunlari  internet tarmog‘i orqali, 11-22- noyabr kunlari uyma-uy yurgan holda respublikamizning 4 ta hududida, jumladan, Xiva shahrida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazildi.

                                    Axborot xizmati