19/11/2021

2023- yilda butun mamlakatimiz miqyosida o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishning mohiyatini fuqarolarimizga tushuntirish va keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida tashkil etib kelinayotgan tadbirlar viloyatimizning barcha hududlarida davom etdi.

Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, uning yakunida olinadigan ma’lumotlarning mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishidagi ahamiyatiga bag‘ishlangan  ana shunday tadbirlar Yangibozor tumanidagi 22-sonli, Shovot tumanidagi 7-sonli, Xiva tumanidagi 9-sonli, Yangiariq tumanidagi 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, Hazorasp pedagogika kolleji, Xonqa tumanidagi 4-sonli kasb-hunar maktabi hamda UrDU talabalari o‘rtasida tashkil etildi. Shu bilan bir qatorda Xonqa tumanidagi “Madaniy yer”, Qo‘shko‘pir tumanidagi “Xonobod”, Urganch shahridagi “Hamjihatlik” mahalla fuqarolar yig‘inlarining faollariga tadbirning ahamiyati va uni o‘tkazishda o‘zaro hamkorlik ishlarini tashkil qilish bo‘yicha  tushuntirishlar berildi.

                                 

                                                   Axborot xizmati