04/11/2021

    2023- yilda o‘tkaziladigan yalpi aholini ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga qaratilgan uchrashuv va davra suhbatlari viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda. 

Joriy yilning 3-4- noyabr kunlari  mazkur tadbirning targ‘ibotiga bag‘ishlab viloyatning bir qator idora va tashkilotlarida uchrashuv va seminarlar tashkil etildi. Jumladan,

Qo‘shko‘pir tumanidagi “Adolat” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Do‘mboqcha” MTM da, Urganch tumanidagi “Mevazor” MFY va 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida, Tuproqqal’a tumani tibbiyot birlashmasida, Xiva shahar pensiya jamg‘armasi, “Do‘stlik” MFY hamda Turizm kollejida,

Urganch shahrining “Feruz” mahalla fuqarolar yig‘ini hamda

23-sonli umumta’lim maktabida bo'lib o'tgan tadbirlar davomida aholini ro‘yxatga olish ishlarining maqsadi, mazmun-mohiyati hamda o‘tkazilish tartibi xususida ma’lumotlar berildi.

    Shuningdek,  1- noyabrdan Xiva shahrida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish ishlari boshlandi.

Aholini sinov tariqasida roʻyxatga olish ikki xil usulda, yaʼni 1-5- noyabr kunlari Internet tarmogʻi (census.stat.uz ) orqali va 11-22- noyabr kunlari qogʻoz shaklida roʻyxatga oluvchi xodimlar tomonidan uyma-uy yurgan holda amalga oshiriladi.

Axborot xizmati