03/11/2021

    2021– yilning yanvar–  sentabr oylarida viloyatda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 213,4 ming t. don (2020– yilning yanvar–  sentabriga nisbatan 0,6 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi.

   Mahsulot yetishtirish bo‘yicha viloyatning Xonqa (46,9 ming t.), Bog‘ot (39,4 ming t.), Gurlan (39,0 ming t.), Hazorasp (34,1 ming t.) hamda Urganch (31,1 ming t.) tumanlari peshqadamlik qilgan.

     Jami don ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlili, ishlab chiqarish umumiy hajmidan 64,5 %  fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

                                              

                                                                                                    Axborot xizmati