03/11/2021

    Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 242,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 25 171 ta yengil avtomobillar eksport qilgan.

Yengil avtomobil eksporti o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 14 036 taga oshgan.

O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:

Qozog‘iston – 24 137 ta

Ukraina – 448 ta

Rossiya – 320 ta

Afg‘oniston – 128 ta

Tojikiston – 64 ta

Ozarbayjon – 37 ta

Qirg‘iz R. – 30 ta.

2021- yilning 9 oyida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan 18 150 ta yengil avtomobil import qilgan.

 

Matbuot xizmati