22/10/2021

2023- yilda o‘tkaziladigan yalpi aholini ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga qaratilgan uchrashuv va davra suhbatlari viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

Bugun, 22 - oktabr kuni “Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l !” shiori ostida o‘tkazilishi belgilangan tadbirning targ‘ibotiga bag‘ishlab viloyatning bir qator idora va tashkilotlarida uchrashuv va seminarlar tashkil etildi. Jumladan, Shovot tumanidagi 17-son bolalar musiqa maktabi, 3-son umumiy o‘rta ta’lim hamda 2-sonli kasb-hunar maktablarida, Hazorasp tumanidagi 48-sonli va Gurlan tumanidagi 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktalarida, Qo‘shko‘pir tumani qitisodiyot bo‘limida bo'lib o'tgan tadbirlar davomida aholini ro‘yxatga olish ishlarining maqsadi, mazmun-mohiyati hamda o‘tkazilish tartibi xususida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Xiva shahrida shu yilning 1-25- noyabr kunlari sinov tariqasida o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonlari davom qilmoqda. Ro‘yxatga olishda bevosita ishtirok etuvchi xodimlar uchun tashkil etilgan o‘quv-seminarlarida olingan ko‘nikmalar bevosita mahallalarda  o‘tkazilayotgan amaliy mashg‘ulotlarda mustahkamlab borilmoqda.

 

                                                          Axborot xizmati