15/10/2021

2023- yilda o‘tkaziladigan yalpi aholini ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga qaratilgan uchrashuv va davra suhbatlari viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

Keng jamoatchilikni mazkur keng miqyosdagi tadbirdan boxabar etishning eng samarali usuli sifatida targ‘ibot ishlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bugun, 15 - oktabr kuni “Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l !” shiori ostida o‘tkazilishi belgilangan tadbirning targ‘ibotiga bag‘ishlab viloyatning bir qator ta’lim muassasalarida uchrashuv va seminarlar tashkil etildi

Jumladan, Xiva shahridagi 17-sonli IDUM va 4-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida, Shovot tumanidagi 1-sonli kasb-hunar maktabi hamda 27-sonli IDUM da, Gurlan tumanidagi 9-son umumiy o‘rta ta’lim maskanida bo'lib o'tgan tadbirlar davomida o‘quvchi yoshlarga aholini ro‘yxatga olish ishlarining maqsadi, mazmun-mohiyati hamda o‘tkazilish tartibi xususida fuqarolarga ma’lumotlar berildi.

 

                                                                        Axborot xizmati