14/10/2021

Viloyat doimiy aholisi soni 2021- yil  1- oktabr holatiga 1 914,4 ming kishini tashkil etib, 2021- yil boshidan 21,1 ming kishiga yoki 1,1% ga o‘sdi. 

  Jumladan, shahar aholisi soni 633,1 ming kishini ( jami aholi sonidagi ulushi 33,1 %), qishloq aholisi soni 1 281,3 ming kishini (66,9 %) tashkil etdi.

Hududlar  kesimidagi  tahlillarga ko‘ra, 2021- yil 1- oktabr holatiga  eng ko‘p aholi soni Urganch tumanida qayd etilib, viloyat aholisi sonidagi ulushi 10,7 % ni tashkil qilgan.

Keyingi yuqori ko‘rsatkichlar Hazorasp tumani (10,3 %) , Xonqa tumani (10,0 %) va Qo‘shko‘pir tumani (9,1 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

                                                                           Axborot xizmati