08/10/2021

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyatda 3 178 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan bo‘lib, ularning jami sonida 9,3 % ulush Hazorasp tumani hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Tumanda hisobot davrida 296 ta korxona va tashkilot yangi tashkil etilgan. Bu viloyat bo‘yicha Urganch shahri (609 ta) va tumanidan (353 ta) keyingi 3-ko‘rsatkich hisoblanadi.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra tumanda eng ko‘p shu turdagi korxona savdo (104 ta) va sanoat (94 ta) sohalarida tashkil etilgan.

 

                                                                                            Axborot xizmati