08/10/2021

“Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l !” shiori ostida 2023- yilda butun mamlakatimizda, shu yilning 1-25- noyabr kunlari esa Xiva shahrida sinov tariqasida o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish ishlariga viloyatimizning barcha hududlarida  hozirlik ko‘rilmoqda. Tadbirga tayyorgarlikning 1-bosqichidagi vazifalarni bajarish , ya’ni jamoatchilik o‘rtasida targ‘ibot ishlarini tashkil etish bo‘yicha har kuni viloyat statistika boshqarmasining shahar va tuman bo‘limlari xodimlari ishtirokida  bir qator ta’lim muassasalarida davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Keng jamoatchilikni mazkur keng miqyosdagi tadbirdan boxabar etish maqsadida ana shunday tadbirlar bugun, 8- oktabr kuni  Yangibozor tumanidagi 16-sonli bolalar musiqa maktabida, Shovot tumanidagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida, Hazorasp tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan 1-son kasb-hunar maktabi, 48-son umumta’lim maktabida, Urganch shahridagi 13-son umumta’lim hamda 1-son  kasb –hunar maktablarida, Xiva tumanidagi Sharq tillari texnikumi hamda 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida, Bog‘ot tumanidagi sport maktab-internatida o‘tkazildi.

    Shuningdek, Shovot tumanining “Shovot” va  Gurlan tumanining “Gulshan” MFY larida, Xiva tumani hokimligi va “Serchalli” mahalla fuqarolar yig‘inida, XDP ning Qo‘shko‘pir tumani kengashida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda aholini ro‘yxatga olishga oid  yangi me’yoriy hujjatlar, ro‘yxatga olish ishlarini tashkil qilish tartibi, sinov tariqasida Xiva shahrida o‘tkaziladigan ro‘yxatga olish ishlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik  xususida ma’lumotlar berdi.

 

 

                                                      Axborot xizmati