06/10/2021

2021- yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston qiymati 14,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 13 ming tonna yeryong‘oq eksport qilgan.

Yeryong‘oq eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 10 ming tonnaga oshgan.

O‘zbekiston 2021- yilning 8 oyida eng ko‘p yeryong‘oq eksport qilgan davlatlar:

 Qozog‘iston – 2,9 ming tonna

 Xitoy – 2,2 ming tonna

 Ozarbayjon – 2,1 ming tonna

 Rossiya – 2 ming tonna

 Qirg‘iz R. – 1,4 ming tonna

 Ukraina – 696 tonna

Turkmaniston – 434 tonna

Afg‘oniston – 403 tonna

Niderlandiya – 252 tonna

 Belarus R. – 205 tonna

O‘zbekiston 8 oyda qiymati 548,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 948,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Matbuot xizmati