27/09/2021

2021- yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston xorijdan qiymati 117,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,6 mln. dona mobil telefon import qilgan.

 Telefon importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 mln. donaga oshgan.

O‘zbekiston 12 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.

 O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

Xitoy – 63 mln.

Vetnam – 41,4 mln.

Hindiston – 5,9 mln.

Qozog‘iston – 5,5 mln.

BAA – 960 ming

Germaniya – 647 ming

Koreya – 60 ming

Rossiya – 18 ming AQSh dollari

O‘zbekiston avgust oyida xorijdan 236 624 dona mobil telefon import qilgan.

 

 

                                                                     Matbuot xizmati