23/09/2021

Mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda  targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega.  Shu kunlarda viloyatimizning barcha hududlarida keng jamoatchilikka tadbirning mazmun-mohiyatini etkazish va shu orqali ularning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan qizg‘in targ‘ibot ishlarini olib bormoqdalar.  

Bugun, 23- sentabr kuni  Urganch shahri va tumani hamda Xiva shahrining bir qator idora va tashkilotlarida  targ‘ibot uchrashuvlari tashkil etildi. Xususan, Urganch shahridagi 12-son umumta’lim maktabi, “Gulchilar” mahalla fuqarolar yig‘ini, viloyat veterinariya boshqarmasi hamda TTA Urganch filialida, Xiva shahridagi “Qiyot” mahalla fuqarolar yig‘ini, tibbiyot kolleji o‘quvchilari hamda 17-sonli IDUM pedagoglari ishtirokida, Urganch tumani “Vatanparvar” tashkiloti hamda “Yangi o‘rtabog‘”  MFY da o‘tkazilgan  tadbirlarda aholini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari hamda  o‘tkazilish mexanizmlari batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

                                                                                Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech