14/09/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyul oyilarida viloyatda uyushmagan savdo tovar aylanmasi  868,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yil yanvar-iyul oylariga nisbatan 44,2 % ga o‘sdi.

   Kuzatuvlar:

  • dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 421,7 so‘mni (o‘zgarish sur’ati 117,7 %),
  • chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 446,8 so‘mni (o‘zgarish sur’ati 183,1 %) tashkil etganini ko‘rsatgan.

Hududlar bo‘yicha dehqon bozorlaridagi  uyushmagan savdo tovar aylanmasining eng yuqori hajmi Urganch shahrida (127,8 mlrd.so‘m), chorva (parranda) bozorlaridagi eng yuqori hajm ko‘rsatkichi Bog‘ot (109,4 mlrd.so‘m) va Shovot (107,7 mlrd.so‘m) tumanlarida qayd etilgan.

                                                                       Axborot xizmati