14/09/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yil yanvar-iyul oylari holatiga viloyatda o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2 745,2 ming      so‘mni (2020- yil yanvar-iyul oylariga nisbatan  5,1 % ga oshdi) tashkil qildi.

Hududlar kesimida solishtirilganda, aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasida yuqori hajmlar Urganch shahri (12 484,5 ming so‘m), Gurlan (2 975,2 ming so‘m) va Hazorasp  (2 758,3 ming so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ushbu ko‘rsatkichning o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’ati Shovot (113,6%), Hazorasp (112,7 %), Bog‘ot (112,4%)   tumanlarida  qayd etildi.    

                                                                       Axborot xizmati