13/09/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatda 951,1 mlrd.so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2020- yilning 7 oyiga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’ati 122,6 % ni tashkil qilgan.

Hududlar kesimida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi:

  • Urganch shahri – 369,2 mlrd.so‘m,
  • Xonqa tumani – 128,1 mlrd.so‘m,
  • Urganch tumani – 84,0 mlrd.so‘m,
  • Gurlan tumani – 78,9 mlrd.so‘m,
  • Bog‘ot tumani – 78,0 mlrd.so‘m,
  • Shovot tumani – 48,5 mlrd.so‘m,
  • Yangibozor tumani – 39,5 mlrd.so‘m,
  • Hazorasp tumani – 28,7 mlrd.so‘m,
  • Qo‘shko‘pir tumani – 26,0 mlrd.so‘m,
  • Yangiariq tumani – 21,6 mlrd.so‘m,
  • Xiva tumani – 20,7 mlrd.so‘m,
  • Xiva shahri – 17,3 mlrd.so‘m,
  • Tuproqqal’a tumani – 10,6 mlrd.so‘m.

                                                                            

                                                              Axborot xizmati