13/09/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatda 3 963,1 mlrd. so‘mlik xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2020 - yilning  yanvar- iyul oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 114,1 % ni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi viloyat bo‘yicha  2 087,1 ming so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,8 % ga o‘sishi kuzatildi.

Ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarining 24,1 % (951,1 mlrd.so‘m) ni  oziq-ovqat mahsulotlari, 75,9 % (3 007,7 mlrd.so‘m) ni nooziq-ovqat mahsulotlari tashkil etgan.

 

                                                                               Axborot xizmati