10/09/2021

2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda  targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Tuman (shahar) statistika bo‘limi mutaxassislarining sa’y-harakatlari bilan barcha idora va tashkilotlarda targ‘ibot tadbirlarini uzluksiz o‘tkazib kelinmoqda

Bugun, 9- sentabr kuni targ‘ibot tadbirlari  Bog‘ot tumanidagi “36 son umumta’lim maktabida”,Tuproqqal’a tumanidagi “Yoshlik MFY‘” da mahalla faollari bilan, Hazorasp tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi va Urganch tumani “Orzu MFY”da, Xiva tumanidagi “4 son umumta’lim maktabi” da,Shovot tumanidagi “K.Otaniyozov MFY” da o‘tkazildi.

Tadbirlarning asosiy mavzusi aholini ro‘yxatga olishga puxta tayyorgarlik ko‘rish va unda barcha fuqarolarning uyushqoqlik bilan ishtirok etishini ta’minlash masalasiga bag‘ishlandi.

Shu bilan birga mazkur  tadbirni  o‘tkazish mexanizmlari, usul va vositalari xususida savol-javob tarzida suhbatlashilib, aholini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari hamda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

                                                                                Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech