31/08/2021

 2021- yilning yanvar-iyul oylarida  Xorazm viloyatining import hajmi 234,8 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 58,7 % ga koʻpaygan.

Import tarkibida eng katta ulush oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (38,6 %), mashinalar va transport asbob-uskunalari (25,9 %), turli xil tayyor buyumlar (18,3 %) hamda nooziq-ovqat xomashyo (yoqilgʻidan tashqari, 6,9 %) hisobiga toʻgʻri keldi.

Tahlillarga ko‘ra, hisobot davrida umumiy hajmning asosiy qismini tashkil etgan oziq-ovqat mahsulotlarining import qiymati 90,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan.

Shundan:

  • MDH davlatlariga - 7,5 mln.dollar (jami importning 20,9 %),
  • boshqa xorijiy davlatlarga 83,3 mln. dollarlik (41,9 %) mahsulot importi amalga oshirilgan.

                                                                                                 Axborot xizmati