30/08/2021

Joriy yilning 7 oyida viloyatda ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 937,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida 20,5 %  ulushga ega bo‘lgan moliyaviy xizmatlarning 2020- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 128,4 % ni tashkil etdi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmining 230,5 mlrd. so‘mga ko‘payishi kuzatildi.

Taqqoslash uchun: 2020- yil    yanvar-iyul oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi    707,5 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan. Umumiy xizmatlari hajmida mazkur xizmat turining ulushi 20,6 % ni tashkil qilgan va o‘sish sur’ati 131,6 % ga yetgan.

                                                                                Axborot xizmati