26/08/2021

Sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish salomatlik garovi ekanligi isbot talab qilmas haqiqat sanaladi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, keyingi yillarda sport va sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish ommaviylik kasb etmoqda.

Viloyat statistika boshqarmasida sportning bir qancha turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil qilish yaxshi an’anaga aylanayotir.  Joriy yilda  xodimlarimiz ishtirokidagi  ichki hamda  o‘rtoqlik  sport musobaqalari haqida ma’lumotlar berib bordik.

Kecha, 25- avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab hududiy boshqarmaning tarmoq bo‘limlari o‘rtasida o‘tkazilgan sportning shashka turi bo‘yicha boshqarma birinchiligi musobaqalarining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.  Tadbirda hududiy boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi X.Egamov hamda kasaba uyushmasi raisi Q.Quryazovlar tomonidan musobaqa g‘oliblariga rahbariyatning sovg‘alari topshirildi.

 

                                                                                           Axborot xizmati