23/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning  yanvar-iyul oylarida viloyat sanoat korxonalari tomonidan umumiy hajmi 6 330,4 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan va 2020- yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 109,8 % ni tashkil qilgan.

Jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 96,056 % yoki 6 080,7 mlrd.so‘m ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoati hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ma’lumot uchun: 2021- yilning iyul oyida viloyatda umumiy hajmi 885,4 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

 

Axborot xizmati